← SteelExam

Maxfiylik siyosati

Ustoz AI xotirasini yoqsangiz, suhbatning matnli nusxasi yopiq Neon ma’lumotlar bazasida 5 kun saqlanadi. Qisqa dars eslatmalari — o‘quv maqsadi, imtihon sanasi, mashq darajasi, mavzu va o‘rganishdagi qiyinchiliklar — yozilgan yoki yangilangan sanadan boshlab 3 kalendar oy saqlanadi. Ular keyingi darslarda Google Gemini’ga kontekst sifatida yuboriladi. Ovoz yozuvi saqlanmaydi. Xotirani o‘chirish yangi yozuvlarni saqlash va avvalgi xotiradan foydalanishni to‘xtatadi. Mavjud yozuvlar muddati tugagach avtomatik tozalanadi. Profilingizdagi ma’lumotlar alohida boshqariladi.

SteelExam kirish, profil, yosh va obuna huquqlarini boshqarish uchun ism, email yoki Telegram identifikatori, tug‘ilgan sana va SM IDni Supabase’da saqlaydi.

Test javoblari va natijalar hisobingizga bog‘lanadi. Ustoz AI ovozi Google Gemini’ga yuboriladi; SteelExam audio yozuv saqlamaydi. Tarjima matni Lingva serveriga yuboriladi; rasm matni qurilmada ajratiladi.

Cheklar va fayllar yopiq Supabase Storage’da saqlanadi. To‘lovni tekshirish uchun bosh admin chekni ko‘ra oladi.

DIRECT reklamalar SteelExam’da hisoblanadi. Yandex reklamalari rozilik bergan 18 yoshdan katta bepul veb foydalanuvchilariga ko‘rsatilishi mumkin; Yandex cookie, IP va brauzer ma’lumotlaridan foydalanishi mumkin.

18 yoshgacha Google reklamalari ko‘rsatilmaydi. Faqat admin yoshga mos deb belgilagan DIRECT reklama chiqishi mumkin. Pro’da barcha reklama o‘chadi.

Hisob ma’lumotlari hisob faoliyati uchun saqlanadi. Reklama takrorini aniqlash yozuvlari 30 kundan so‘ng keyingi hisoblashda o‘chiriladi; umumiy sonlar qoladi. Rozilik tanlovi 180 kun amal qiladi.

Ma’lumotlaringizni ko‘rish, tuzatish yoki o‘chirish bo‘yicha Telegram orqali adminga murojaat qiling. Google reklama roziligini shu sahifada bekor qilishingiz mumkin.

Telegram orqali adminga murojaat